Е-commerce rivojlanishiga bag'ishlangan "KELAJAK MARKETPLEYSLAR ORTIDA" Luna Business Solutions birinchi yirik biznes-forumi bo'lib o'tdi
24-iyun kuni Toshkentda e-commerce rivojlanishiga bag'ishlangan "KELAJAK MARKETPLEYSLAR ORTIDA" Luna Business Solutions birinchi yirik biznes-forumi bo'lib o'tdi.
Forumda 400 dan ortiq tadbirkorlar, jumladan: Raqamli Texnologiyalar vazirligi va Davlat soliq qo'mitasi davlat hokimiyati ijrochilari, Meest China logistika kompaniyasi, MDH mamlakatlaridan yirik investorlar va tadbirkorlar, shahar ommaviy axborot vositalari, O'zbekistonning yirik brendlari vakillari va muvaffaqiyatli marketsellerlar ishtirok etdi.
📍Meest China tomonidan forumda Saida Hasanova - mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati supervayzeri ishtirok etdi. U:
🔻 kompaniya tovarlari to'g'risida: Xitoydan O'zbekistonga pochta jo'natmalari va tijorat yuklarini yetkazib berish, Xitoy saytlaridan tovarlarni sotib olish (Meest China Shop);
🔻 nima uchun AliExpressda sotib olish foydali emasligi;
🔻 Xitoy marketpleyslarida xaridlar jarayoni qanday ko'rinishga egaligi;
🔻 tovarlarni qayerdan qidirish kerakligi -Taobao, Tmall, 1688, Meest China Shop;
🔻Meest China xizmatining afzalliklari haqida:
● to'g'ridan-to'g'ri xitoylik ishlab chiqaruvchidan, qo'shimcha to'lovlarsiz sotib olish;
● olingan tovar buyurtma qilinganiga mos kelishi;
● shaxsiy kabinet va mobil ilovada buyurtmalarni boshqarish;
● konsolidatsiyalangan jo'natmani yetkazib berishda tejash;
● faqat kerakli narsani tanlash imkoniyati (ombor xizmatlaridan tortib yetkazib berish turlarigacha);
● istalgan vaqtda mijozlarga xizmat ko'rsatish imkoniyati haqida gapirdi.
"Kelajak marketpleyslar ortida" forumi tufayli Meest China boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda tadbirkorlarning o'sishi va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish, onlayn-savdoda hamkorlik va imkoniyatlarni kengaytirishga hissa qo'shdi.