IMEI bilan qurilmalarni yetkazib berishda - muhim o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori kuchga kirganini ma’lum qilamizki, unga ko‘ra, IMEI-ga ega barcha qurilmalar (shu jumladan telefonlar, smart-soatlar, planshetlar) majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
IMEI bilan tovarlarga buyurtma berishda, sotuvchidan qurilmaning IMEI kodini tekshirishni unutmang.
Ushbu ma'lumot bizga support.uz@info.meest.cn elektron pochta orqali, veb-saytdagi chat-botda yoki +998 71 203 03 02 telefon orqali yuborilishi kerak.
Iltimos, bizga Xitoydagi trek raqami va qurilmaning IMEI kodini taqdim eting, toki bojxonadan o‘tayotganda ma’lumotlarni uzatishimiz va qurilmangizni O‘zbekistonda bloklab qo‘yilmasligi uchun.
Ushbu tartib 4 noyabrdan boshlab Xitoydagi ombordan yuboriladigan posilkalarga taalluqlidir. Posilka jo'natilishidan oldin ma'lumotingizni yuborishingizni tavsiya qilamiz.
Bojxona rasmiylashtiruvini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ushbu chora muhimligiga e’tiboringizni qaratamiz. Aks holda, posilka bojxonadan o'tolmaydi.