IMEI bor qurilmalarni yetkazib berishda - muhim o'zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori qabul qilinganligini ma’lum qilamiz, unga ko‘ra IMEI kodli barcha qurilmalar (jumladan, mobil telefonlar, planshetlar, smart-soatlar, modemlar, GPS mobil aloqadan foydalanadigan trekerlar va boshqa gadjetlar) majburiy ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
IMEI kodingizni taqdim etishning ikki yo'li mavjud:
- Sotuvchidan IMEI kodni sorang va uni Xitoy trek raqami bilan birga support.uz@info.meest.cn pochta manziliga yuboring.
- Agar sotuvchi IMEI kodini taqdim qilmagan bo‘lsa, mahsulotni ro‘yxatdan o‘tkazishda “Mahsulot tekshiruvi” variantini tanlang, so‘ngra “Batafsil tekshirish + Fotootchet” xizmatlariga buyurtma bering (xizmat uchun tolobv bor , lot uchun 1,5 $). Xabaringizda IMEI-ni suratga olish kerakligi haqida malummot kiriting . Ombor tarifidan sizga fotosurat yuborilgandan song , IMEI-ni va Xitoydagi trek raqamingiz bilan birga support.uz@info.meest.cn pochta manziliga malummotlarni yuboring.
Agar sizning posilkangiz allaqachon omborda bo'lsa va siz IMEI kodini taqdim qilmagan bo'lsangiz, qo'shimcha fotootchet xizmatini buyurtma berishingizni so'raymiz.
Muhim! Xitoydagi ombordan maxsulot chiqib ketganidan so'ng, IMEI kodini aniqlashtirish va bojxonaga taqdim etish mumkin emas, u ro'yxatdan o'tmasdan bojxondan o'tadi!
Eslatib o‘tamiz, ushbu tartib 4 noyabrdan boshlab Xitoydagi ombordan jo‘natilgan posilkalar uchun majburiydir. Qurilmani O‘zbekiston hududida bloklab qo‘ymasligi uchun posilka O‘zbekistonga jo‘natilishidan oldin bizga imei ma’lumotlarini yuboring. Mazkur chora-tadbirlar bojxona rasmiylashtiruvidan muvaffaqiyatli o‘tish va qurilmadan O‘zbekistonda foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Aks holda, siz qurilmadan foydalana olmaysiz va u bloklanadi.
Tushunganingiz va hamkorlik qilganingiz uchun tashakkur!