meest_icon

Bizning iPhone dasturimizni yuklab oling

Ga o'ting
meest_icon

Android dasturimizni yuklab oling

Ga o'ting
+998 71 203 03 02

Biz aloqadamiz

Du-Ju : 9:00 - 18:00
Sha: 9:00 - 15:00
Ya - dam olish kunlarii

Video qo'llanmani ko'rish play

  • Ro'yxatdan o'ting

    Meest China shaxsiy kabinetida yoki Meest China mobil ilovasi orqali. Ro'yxatdan o'tishda o'z e-mail'ingiz, parol va yetkazib berish uchun ba'zi ma'lumotlarni kiriting. Xitoyda o'z manzilingizga va Xitoy internet do'konlaridan mahsulot sotib olish imkoniyatini beruvchishaxsiy kabinet raqamiga ega bo'lasiz.

    Agar ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz - Xitoyda virtual manzilga ega bo'lish uchun shaxsiy kabinetingiz raqamini ko'rsating
    Jo'natmalar uchun sizning shaxsiy manzilingiz

    广州市番禺区市广路钟二路段45号华家领航产业园1栋 107 思密特 思密特

    ✓ Скопирован

    Oluvchi 思密特

    Telefon 189 2405 3083

    Indeks 511495

    ✓ Скопирован

  • Xitoy do'konlarida harid qiling

    Eng asosiysi - do'kon mahsulotni bizning Guanchjoudagi omborga yetkazib berishi lozim, siz esa Xitoy bo'ylab jo'natma trek-nomerini aytishingiz lozim. Sizning mahsulot bizning omborda aynan trek-nomer orqali aniqlanadi.

    Xitoydagi eng foydali shopping - Taobao'da. Ulgurji haridorlarga esa 1688 ni tavsiya qilamiz.

    DIQQAT! Jo'natmalaringizni Xitoy bo'ylab yetkazib berishning narxi va detallarini hariddan oldin sotuvchidan aniqlashtiring. Mahsulotlarni Xitoy bo'ylab yetkazib berish har doim ham bepul emas. Jo'natmalar Xitoydagi omborga kelib tushgandan so'ng shunday holatlar vujudga keladiki, kuryerdan mahsulotni qabul qilishda ombor jo'natmangizni Xitoy bo'ulab yetkazib berilishi uchun to'lov qilish va Meest China kabinetida sizga to'lov qilish uchun hisobni taqdim etishga majbur bo'ladi.

    Mahsulotni sotib olishdan oldin Mahsulot tashish qoidalari bilan tanishib chiqing va biz sizning mahsulotingizni yetkazib bera olishimizga amin bo'ling.

  • Haridni Meest China kabinetida rasmiylashtiring

    Tovar harid qilngandan 1-3 kun davomida yetkazib beruvchi sizga Xitoy bo'ylab jo'natma trek-nomerini taqdim etadi. Mahsulotni ro'yxatdan o'tkazish uchun Meest China shaxsiy kabinetiga yoki mobil ilovaga kiring. "Buyurtmalar" bo'limida "Mahsulotlar" yoki "jo'natmalar"ni tanlang.

    Trek qanday ko'rinishga ega - Xitoydagi posilka raqami yoki deklaratsiya:

    Yetkazib berishni rasmiylashtirish - Surat 1

    ✔️ China trek raqami shtrix kod ostida darhol / yuqorida joylashgan. Suratda - 9007828155559;

    ✔️ bizning omborimizga posilka kelib tushganidan so'ng, qabul qiluvchi deklaratsiyaga ombor muhrini qo'yishi shart.

    Iltimos, yodda tuting, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bojsiz olib kirish uchun jismoniy shaxs jo'natmalari narxi kvartalda $1000dan oshmasligi lozim.

    Shaxsiy kabinetda bir nechta haridlarni bir jo'natmaga birlashtirish, ularni tekshirish, salash va omborda boshqa xizmatlarni ko'rsatish uchun yangi mahsulotni qo'shing

    Agar siz tayyor jo'natmani Xitoydan tekshiruvsiz, omborda saqalashsiz va birlashtirishsiz berib yubormoqchi bo'lsangiz, Jo'natmani qo'shing yoki Mahsulotni yaratish oynasida "Bir urinishda yuborish"ni belgilang.

    Video qo'llanmani ko'rish

  • Mahsulotning omborga kelib tushishi

    Sizning jo'natma yoki mahsulotlar ombor tomonidan qabul qilingandn so'ng, ular shaxsiy kabinetingizda "Omborda" maqomiga erishadilar, sizning pochtangizga esa tovar kelganligi haqidagi bildirishnoma xabarlari keladi.

    "Mahsulotlar" oynasida bitta jo'natmaga birlashtirilishi kerak bo'lgan mahsulotlarni tanlang va ekran pastki qismidagi "Rasmiylashtirish" tugmasini bosing. Oluvchi va yetkazib berish turini ko'rsatish qoldi: Meest China Toshkent bo'limiga yoki kuryer orqali uyingizga. So'ngra biz siz uchun jo'natmani yig'amiz.

    Meest China omboriga har qanday transport turida tashish taqiqlangan tovarlar kelib tushgan taqdirda, u kompensatsiyasiz darhol utilizatsiya qilinadi.

    Agar siz mobil ilovadan foydalansangiz, mahsulot yoki jo'natmalaringiz omborga kelish maqomi Mahsulotlar yoki Jo'natmalar oynalarida yangilanadi.

    Video qo'llanmani ko'rish

    Taqiqlangan tovarlarni utilizatsiya qilish

  • Yetkazib berish uchun to'lovni amalga oshirish

    Jo'natma tortilganidan so'ng, sizning shaxsiy kabinetingiz hisobida minusli qoldiq qiladi.

    To'lovni amalga oshirishdan oldin kabinetdagi profilni to'ldiring.

    Visa va Mastercard kartalari orqali Xitoydan jo'natmalarni yetkazib berish uchun toʻlovni amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan IPS toʻlov tizimi kabinet foydalanuvchisining familiyasi va ismini avtomatik ravishda soʻraydi. Kabinetdagi profilda ma'lumotlar to'ldirilmagan bo'lsa, to'lov amalga oshirilmaydi.

    Hisob to'lovini 3 kun ichida amalga oshirish zarur. Quyidagi to'lov usullari mavjud:

    Как оформить доставку 2

    Shuningdek, Xitoydan posilkalarni etkazib berish narxini to'lash to'g'ridan -to'g'ri Toshkentdagi Meest Asia ofisida, Turkiston ko'chasi , 2.

    To'lov naqd pulda so'mda va terminal orqali Uzcard to'lov kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Ko'rsatilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar: posilka raqami yoki mijoz kodi.

    To'lov paytida valyutani konvertatsiya qilish uchun komissiya olinadi, etkazib berish narxini so'mda hisoblash quyidagi formula bo'yicha amalga oshiriladi: etkazib berish narxi USD / 0.9775 * to'lash kunidagi dollarning so'mga (sotish) tijorat kursi.

    Visa yoki MasterCard orqali to'lash

    Alipay orqali to'lash

    Etkazib berish uchun naqd pul

  • O'zbekistonda jo'natmani olish

    f19 8 - 10 kun
    18 18 - 20 kun

    Jo'natma Toshkentdagi omborga kelishi bilan siz Telegramda bildirishnoma olasiz. O'zbekiston bo'ylab mahsulot 1 kundan 5 kungacha muddatda yetkazib beriladi.

  • Yevropa mamlakatlarida posilkalarni qabul qilish

    f19 12-16 kun.

    Tanlangan mamlakatdan posilka kelgandan so'ng siz SMS-xabar olasiz. Posilkani mamlakat ichida yetkazib berish 10 kungacha davom etadi.

    Yetkazib berish mahalliy yetkazib beruvchining eng yaqin filialiga amalga oshiriladi (yetkazib berish manzilini ro'yxatdan o'tkazishda siz ko'rsatgan indeks bo'yicha aniqlanadi).

    Xitoydan Polshaga posilkalarni yetkazib berishning bir nechta variantlari mavjud:

    ▶ Belgilangan manzilga yetkazib berish.

    ▶ INPOST yoki RUCH ofisiga yetkazib berish.

    Muhim! Polsha tilida maxsus yozilgan harflar mavjud - Ł, ś, ń, ę, ą. Qabul qiluvchining manzilini to'ldirishda ulardan foydalanish mumkin emas, chunki tizim noto'g'ri harflar bilan matnni aniqlaydi va sizga kerakli manzilni yuklamaydi.

    Masalan, Łomża shahri Lomza deb yozilishi kerak.

Yuqori
+998 71 203 03 02

Biz aloqadamiz

Du-Ju : 9:00 - 18:00
Sha: 9:00 - 15:00
Ya - dam olish kunlarii

close-auth-reg