Meest China'da buyurtmani rasmiylashtirish
Meest China shaxsiy kabinetingizga kiring va Meest xaridlari bo'limiga o'ting. Do'st to'lovini yaratish tugmasini bosing.

Keyin to'ldirilishi shart bo'lgan barcha maydonlarni to'ldiring.
✔️xarid mamlakati - Xitoy;
✔️AliPay'dagi ism – agar sizning AliPay'dagi hisobingiz tasdiqdan o'tmagan va Xitoy to'lov kartasiga bog'lanmagan bo'lsa, AliPay'dagi ism - bu 1688 da hisob yaratish uchun ishlatilgan telefon raqami.
✔️Narx – 1688 dagi ro'yxatda ko'rsatilgan buyurtmalarning aniq qiymati.
Buyurtmani yaratish tugmasini bosish orqali xizmatni rasmiylashtirishni tugating.
Keyin 1688 dagi buyurtmaning to'lov bosqichiga qaytishingiz va to'lov bandlari bo'ylab harakatlanish uchun zangori tugmalarni bosishingiz kerak.

Natijada AliPay to'lov oynasiga tushasiz. Qizil ramkada sizning AliPay'dagi hisob raqamingiz bo'ladi(asosan, u yerda siz ro'yxatdan o'tishda foydalangan telefon raqami bo'ladi)

Kerakli ma'lumotlarni ko'rsating:
✔️Birinchi maydon – chatda qo'llab-quvvatlash xizmati xodimi taqdim etgan AliPay'dagi hisob raqamimiz;
✔️Ikkinchi maydon – Meest China kabinetidan olingan do'st to'lovi buyurtmasining raqamini kiriting;
Aniq to'ldirilgan shakl mana shunday ko'rinishda bo'ladi:

Zangori tugmani bosing. Do'st to'lovi uchun buyurtmangiz shakllantirildi! Endi Meest China kabinetida buyurtma uchun to'lov qilishingiz kerak.