-
Muammoli holatlar
Har qanday bahsli masalani har doim hal qilish mumkin. Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun esa, kompaniyaning qoidalari bilan oldindan tanishib chiqishni tavsiya etamiz
-
Muammoli jo'natmalarni qaytarish
Mijoz yoki tovarlarning haqiqiy jo'natuvchisi tomonidan deklaratsiya qilish va tashish qoidalari buzilgan, bojxonada ushlab qolingan taqdirda, muammoli jo'natmalar bilan bog'liq vaziyatlarning quyidagi yechimlari mavjud.
Aniqlangan kontrafakt yoki taqiqlangan tovarlar mavjud bo'lgan jo'natmaning bojxonada to'xtatilishi
Agar bojxona kontrafakt (mualliflik huquqi, original brend bilan himoyalangan, yoki soxtalashtirilgan tovar belgisi ostidagi ulgurji yuklar) yoki tashishi taqiqlangan mahsulot bilan jo'natmani to'xtatsa, Siz jo'natmani Xitoyga qaytarish uchun tariflarga va Xitoyga qaytarib yuborish imkoniyati bor yoki yo'qligiga aniqlik kiritishingiz mumkin.
Umumiy qiymati $1000 oshadigan jo'natmaning to'xtatilishi
Agar bojxona deklaratsiyada tovarlarning haqiqiy qiymatini kamaytirishda gumon qilib, jo'natmani to'xtatsa va surishtiruv natijasida bu fakt haqiqatda isbotlangan bo'lsa, siz boj to'lashingiz kerak bo'ladi. Agar ushbu to'lovlarning hajmi siz uchun qimmatlik qilsa, jo'antmani Xitoyga qaytarish uchun tariflarni va bunday imkoniyat mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashtirshingiz mumkin.
-
Umumiy qiymati $1000 dan oshgan tovar
Agar bir butun bo'linmaydigan tovar qiymati $1000 dan oshsa, bu tovarni Meest China kabineti orqali rasmiylashtirilgan pochta shaklida Meest China omboridan yuborishning imkoni yo'q.
-
Brend mahsulotlarni tashish javobgarligi
Iltimos, Meest China shaxsiy kabinetida jo'natish uchun ariza topshirganingizda, Jo'natma tarkibida mashxur brendlarning mahsulotlari borligini ko'rsating - faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun bitta jo'natmada 2 ta markali mahsulotdan ortiq bo'lmasligi kerak. Bunday mahsulotlarni faqat havo transporti orqali yetkazishga ruxsat etiladi. Agar ushbu qoidalar buzilgan va tovarlar bojxona organlari tomonidan musodara qilingan bo'lsa, biz pulni qoplash uchun javobgar emasmiz.
Savdo markalari ro'yxati va ular tomonidan o'rnatilgan qoidalar bilan havola orqali tanioshish mumkin
-
Agar jo'natmadagi tovar shikastlangan yoki belgilangan miqdorda bo'lmasa
Kuryerdan jo'natmani qabul qilishda Meest Express kuryeri oldida jo'natmani diqqat bilan tekshirib olishingiz zarur
Jo'natmani tekshirib olish uchun kuryerni 15-20 daqiqa ushlab turish huquqiga egasiz
Jo'natma yetkazilganda nomuvofiq miqdor yoki shikastlanish aniqlansa, Siz kuryer bilan birgalikda nomuvofiqlik dalolatnomasini tuzishingiz kerak va kuryer ham uni imzolashi zarur.
Yetkazib berish bo'yicha shikoyatlar faqat Meest Express kuryeri tomonidan imzolangan dalolatnoma bo'lgan holatda qabul qilinadi.
Jo'natma uyda ochilganda shikastlangan tovar, nomuvofiq miqdor yoki boshqa kamchiliklar aniqlanganda, tovar olingan kundan boshlab 3 kun muddat ichida ushbu tovarga tiket yaratib, batafsil rasmlarni unga biriktiring
-
Bizda tovarlarni sug'urtalash xizmati mavjudmi?
Tarkibida mo'rt va oson sinadigan tovarlar(qandil, chiroqlar va h.k.) bo'lmagan barcha jo'natmalar mijoz tomonidan deklaratsiyada ko'rsatilgan qiymatda avtomatik sug'urta qilinadi, ammo bir jo'natma uchun 100€ dan ko'p bo'lmagan holda.
-
Shikoyatlkarni bildirish jarayoni
Jo'natmalar bo'yicha muammoli vaziyatlar Shikoyat bildirish siyosati reglamentiga ko'ra hal etiladi