-
Ommaviy oferta
Xarid qilishdan oldin tanishishingiz kerak bo'lgan Meest xaridlari xizmati bilan ishlashning muhim qoidalari.
-
Umumiy qoidalar
Meest China Shop xizmati nomidan TRADE44 (keyingi o'rinlarda "Ijrochi") va veb-sayt orqali buyurtma beradigan vakolatli shaxs (keyingi o'rinlarda "Mijoz") quyidagi kelishuvni tuzadilar:
1.1. Ijrochi Buyurtmachiga Taobao Internet-saytida www.taobao.com www.tmall.com, www.1688.co Sotuvchilari va Buyurtmachi o'rtasida tovarlarni sotib olish bo'yicha ushbu Kelsihuv shartlari asosida agentlik xizmatlarini (bundan buyon matnda "Xizmatlar") ko'rsatadi va shuningdek ularni yetkazib berishni tashkillashtiradi.
1.2. Mijoz Meest China Shop orqali buyurtma berishda ushbu Kelishuv shartlarini qabul qiladi
1.3. Ushbu Shartnomaga o'zgartirishlar kiritish huquqi Ijrochi tomonida qoladi, shu sababdan Mijoz vaqti-vaqti bilan https://meest.cn/ru/faq/oferta manzilida joylashgan Kelishuvdagi o'zgarishlarni kuzatib borishi lozim bo'ladi.
1.4. Ijrochi o'z xizmatlari uchun Mijozdan pul mablag'lari - sodiqlik dasturiga muvofiq komissiya miqdorini ushlab qoladi
-
Buyurtmani rasmiylashtirish
2.1. Xizmatlarni olish uchun Mijoz mustaqil ravishda tasdiqlangan shakl orqali buyurtmani yaratadi va qoidalarga muvofiq uni Meest China Shop sayti orqali Ijrochining xodimlariga yuboradi. Buyurtma Xaridor tomonidan rasmiylashtirilayotganda Ijrochi Sotuvchilar tomonidan ko'rsatilgan tovar haqidagi ma'lumotlar to'g'riligiga javobgar bo'lmaydi.
2.2. Mijoz Meest China Shop sahifasida tovarni mustaqil ravishda tanlaydi. Rasmiylashtirilgan buyurtma faqatgina unga to'lov qilingan paytdan boshlab tasdiqlangan hisoblanadi.
2.3. Ijrochi Mijoz tomonidan tanlangan tovar www.taobao.com , www.1688.com , www.tmall.com. sahifalaridagi mahsulotlar katalogida bo'lishiga kafolat bermaydi.
2.4. Ijrochi Mijozga buyurtma qilingan tovar, shuningdek uning tegishli o'lchamdagisi/rangdagisi borligi va tovarning butligiga kafolat bermaydi.
2.5. Buyurtmani rasmiylashtirishda Mijoz tovar o'lchami, rangi va boshqa xarakteristikalarini faqatgina Sotuvchi tomonidan ko'rsatilgan tovar ma'lumotlariga muvofiq tarzda ko'rsatadi. Ijrochi tovar sahifasida Sotuvchi tomonidan ko'rsatilgan o'lcham, rang, sifat va boshqa parametrlarga oid ma'lumotlar to'g'riligiga javobgar emas.
2.7. Tovarga buyurtma berishdan avval Mijoz Xaridor mamlakatining pochta/kuryerlik xizmatlari tomonidan tashilishi ta'qiqlangan tovarlar ro'yxati va internet-do'konlardan buyurtma qilingan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazish shartlari bilan tanishishi lozim.
2.8. Mijoz sotib olingan tovarlarni pochta xizmatining yetkazib berish shartlariga va u joylashgan davlatning bojxona qonunchiligiga, shu jumladan tovarlarning o'lchamlari, vazni va tarkibi, shuningdek, pochta/kuryerlik xizmati tomonidan xaridorga mol yuborish uchun zarur bo'lgan pochta paketining o'lchamlari va vazniga muvofiqligi uchun mijozning o'zi javobgardir.
2.9. Sotuvchi tovarlarni Xitoy bo'ylab Ijrochining omboriga yetkazib berishni amalga oshirgan holatda, Ijrochi o'z nomidan, ammo Mijoz hisobidan Mijoz ko'rsatgan tovarlar uchun Sotuvchiga pul o'tkazishi lozim.
2.10. Buyurtma berilgan Tovarlar Sotuvchining omborida bo'lmagan holatda, Ijrochi Xaridor Buyurtmasidagi tovarni bekor qilish va ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan manzilga elektron xat yoki Meest China shaxsiy kabinetining ichki tizimi orqali xabar yuborish yo'li bilan bu haqida Mijozni ogohlantirish huquqiga ega.
2.11. Agar Yetkazib beruvchi 7-10 kun davomida tovarni Ijrochining omboriga yetkazib bermagan bo'lsa va buning natijasida Mijozning buyurtmasini amalga oshirish kechiksa, Ijrochi Mijoz Buyurtmasidagi tovarni bekor qilish va uning holatini "Qaytarildi" ga o'zgartirish huquqiga ega. Qaytarilgan tovar uchun kompensatsiya to'lovi bir sutka mobaynida Meest China shaxsiy kabinetidagi Meest xaridlari balansiga qaytariladi.
2.12. Agar buyurtma berilgan tovar xalqaro tovarlarni tashish qoidalariga javob bermasa, uni xarid qilish imkonsiz va bunday buyurtma bekor qilinadi.
2.14. Agar tovar zararlanmagan va buyurtma ma'lumotlariga mos kelsa, hamda xalqaro tovarlarni tashish qoidalariga javob bersa, Ijrochi pochta xizmati Sotuvchidan olib, yetkazib bergan tovarni qabul qilishga majbur.
2.15. Joylangan va Ijrochi tomonidan to'lov qilingan buyurtmani rad etishning imkoni yo'q. Mijoz buyurtmani rad etgan holatda Ijrochi Mijoz hisobidan buyurtma qilingan tovarlar va ularni yetkazib berish xizmati qiymatlarini ushlab qolish huquqiga ega.
-
To'lov
3.1. To'lov Buyurtma to'lovi yo'riqnomasi asosida amlga oshiriladi.
3.2. Agar Mijoz tomonidan tovarga buyurtma berilayotgan paytda ko'rsatilgan asl narx Sotuvchi tomonidan bildirilgan narxdan farq qilsa, Ijrochi tasdiqlash yoki buyurtma berilgan tovarni bekor qilish uchun darhol bu haqida Mijozga xabar beradi. Mijoz bilan bog'lanish imkoni bo'lmagan holatda Tovar xaridiga oid ushbu buyurtma bekor qilingan hisoblanadi.
3.3. Mablag'larni kompaniya hisobiga o'tkazishda Mijoz qo'shimcha ravishda bank komissiyalarini to'laydi. Vositachi banklar komissiya to'lovlarini ham mijoz amalga oshiradi.
3.4. Agar Xitoy bo'ylab yetkazib berish ma'lum qiymatdagi buyurtma qilingan tovarlar uchun bepul bo'lsa va shundan so'ng ushbu tovarlar guruhidan kamida bitta mahsulot olib tashlansa (masalan, yo'qligi sababli) va natijada tovarlar qiymati chegaraviy qiymatdan kamaysa, u holda yetkazib berish xizmati pulli bo'ladi va Mijozning hisobidan yechiladi.
-
Ijrochining majburiyatlari
4.1. Ijrochi Mijozga ushbu ofertaga va amaldagi qonunchilik shartlariga muvofiq Xizmatlarni ko'rsatishni o'z zimmasiga oladi.
4.2. Ijrochi Mijoz tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar maxfiyligini saqlash va, agar ushbu Kelishuv shartlarini bajarish uchun kerak bo'lmasa, uni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
4.3. Mijozga ushbu Kelishuvda ko'rsatilgan topshiriqlarning bajarilganligi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish.
-
Mijozning majburiyatlari
5.1. Mijoz o'z vaqtida Ijrochi Xizmat ko'rsatishi uchun kerak bo'ladigan ishonchli ma'lumotlarni to'laligicha taqdim etish majburiyatini o'z zimasiga oladi. Bunday ma'lumotlar yetarli bo'lmagan holatda yoki ularning ishonchliligiga oid shubha bo'lgan taqdirda Ijrochi Xizmat ko'rsatishni to'xtatish huquqiga ega.
5.2. Mijoz o'zining Meest China shaxsiy kabinetidagi buyurtmalar holatlarini kuzatib borish, buyurtmalarga oid qarorlarni o'z vaqtida qabul qilish, yuzaga kelgan muammolarni aniqlashtirish va operativ tarzda hal qilish uchun Mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
5.3. Mijoz buyurtma qilingan tovarlar qiymatini, ularni Ijrochining omboriga yetkazib berish va Ijrochi tomonidan xizmatlar ko'rsatilishi bilan bog'liq boshqa xarajatlarni, shuningdek Ijrochining ish haqi qiymatini, tovarlarni Mijozga yetkazib berish xarajatlarini to'liqligicha to'lash majburiyatini oladi. Mablag'lar yetarli bo'lmagan taqdirda, Ijrochi Mijozning Buyurtmasini bajarish bo'yicha choralarni to'xtatib qo'yish yoki bekor qilish huquqiga ega..
5.4. Mijoz jo'natmani qabul qilguniga qadar Ijrochi xizmatlari uchun amalga oshirilgan to'lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar, ya'ni bank tomonidan taqdim etilgan kvitansiya va ko'chirmalarni saqlash majburiyatini oladi.
-
Qaytarish va almashtirish shartlari, shikoyatlarni ko'rib chiqish
6.1. Ijrochi tovar sotuvchisi vazifalarini bajarmaydi va, shuning uchun sotuvchining tovarni qabul qilish va Mijozga pulni qaytarish bilan bog'liq Mijoz oldidagi majburiyatlarini o'z zimmasiga olmaydi. Tovarlarni qaytarish masalalarida Ijrochichi Mijozning agenti hisoblanadi. Qaytarish/almashtirish holatida Mijozdan Ijrochiga va Ijrochidan Sotuvchiga (shuningdek, qarama-qarshi yo'nalishlarda) tovarlarni yetkazib berish narxi Mijoz tomonidan to'lanadi.
- Mijoz tovarni rad etdi, o'z sabablariga ko'ra Sotuvchiga qaytarish uchun so'rov berdi;
- agar Sotuvchi qaytarilgan tovarni qabul qilsa, Xitoy bo'yicha Sotuvchiga yetkazib berish xarajatlar Mijoz tomonidan qoplanadi, Mijozga faqatgina tovar qiymati qaytariladi (kompaniya orqali xarid va Xitoy bo'ylab yetkazib berish komissiyasi qaytarilmaydi).
- agar Sotuvchi qaytarilgan tovarni qabul qilmasa, kompensatsiya ko'zda tutilmagan.
- Ijrochi tovarni to'g'ri sotib olgan, lekin Sotuvchi not'og'ri tovar (yaroqsiz, noto'g'ri tovar/o'lcham/rang, markasiz tovar va h.k.) yuborgan
- Xitoy bo'ylab tovarni Sotuvchiga yetkazib berish uchun Mijoz to'lovni amalga oshiradi, Mijozga to'g'ri trek raqam taqdim etiladi yoki, Sotuvchi tovarni qaytarib olishni qabul qilgan holatda, tovarning qiymati va xarid uchun olingan komissiya to'liq qaytariladi.
- agar Sotuvchi tovarni qaytarib olishdan bosh tortsa, Ijrochi xarid uchun olingan komissiyani qaytaradi.
- Ijrochi noto'g'ri tovar, ta'qiqlangan tovarni sotib olgan bo'lsa
- xatoga yo'l qo'yilgan taqdirda, Ijrochi tovarni Sotuvchiga qaytarishni rasmiylashtiradi, tovar to'lovi, ikkala yo'nalishdagi Xitoy bo'ylab yetkazib berish va xarid uchun olingan komissiya to'laligicha Mijozga qaytariladi, sotuvchi tovarni qaytarib olishdan bosh tortgan holatda ham tovar qiymati to'laligicha Mijozga qaytariladi
- Ijrochi ta'qiqlangan tovarni sotib olgan bo'lsa
- Buyurtmani rasmiylashtirishdan avval Mijoz tovarlarni tashish qoidalari bilan tanishishi lozim. Ta'qiqlangan tovarlar buyurtmasi uchun javobgarlik Mijoz zimmasida bo'ladi va qaytarib yuborishga oid shikoyatlar qabul qilinmaydi.
- Ijrochi havola bo'yicha xaridni to'g'ri amalga oshirgan, lekin Mijoz uchun juda muhim bo'lgan izoh inobatga olinmagan
- izoh standartlashtirilmagan xarakteristika bo'lgani sababli, Ijrochi Sotuvchi bilan bog'lanadi va Sotuvchi qaytarib olishni qabul qilgan holatda qaytarib yuborishni rasmiylashtiradi, aks holda Ijrochi qaytarib yuborish bo'yicha shikoyatni qabul qilmaydi.
6.2. Olingan Tovar buyurtma berishda ko'rsatilgan parametrlar va xalqaro tashish qoidalariga mos kelmagan holatdagina uni qaytarib yuborish mumkin.
Tovar omborga tushgan paytda, Xitoy bo'ylab qaytarib yuborish ichki logistik kompaniyalar tomonidan ta'qiqlangan bo'lsa, bu holat yuqoridagilardan mustasno
6.3. Qaytarish/almashtirish boʻyicha barcha operatsiyalar Sotuvchining shartlariga toʻla muvofiq ravishda, muddat, protsedura va kompensatsiya miqdorini oʻz ichiga olgan, biroq ular bilan cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
6.4. Mijoz Tovarlarni Sotuvchiga qaytarish/almashtirish imkoniyatlarini hisoblash paytida, Tovarni Sotuvchidan Ijrochiga yetkazib berish, Ijrochining omborida qaytarish/almashtirish ishlarini amalga oshirish (5 ish kunigacha) va Tovarni Ijrochidan Sotuvchiga yetkazib berish muddatlarini inobatga olishi lozim.
6.5. Pul mablag'larini Mijozga qaytarib berish Sotuvchi tovar qiymatini to'laligicha Ijrochiga qaytargandan so'ng amalga oshiriladi.
6.6. Sotuvchining qaytarib olishi/olmasligi bo'yicha qaroridan qat'i nazar Ijrochi xizmtlari uchun olingan komissiya qaytarilmaydi.
6.7. Mijoz biron sababga ko'ra O'zbekistonga yetkazib berilgan mahsulotni rad etgan taqdirda, Ijrochining xizmatlari uchun komissiya miqdori va xalqaro yetkazib berish narxi mijozdan ushlab qolinadi. Agar Mijozning shaxsiy kabinetidagi hisob raqamiga o'tkazilgan mablag' ushbu xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo'lmasa, Mijozga xizmat ko'rsatish natijasida kelib chiqqan xarajatlarni qoplash maqsadida tovarlar Ijrochi tomonidan sotiladi.
6.8. Olingan tovarlar bo'yicha shikoyatlar (yaroqizlik, mos kelmaslik yoki miqdordagi kamchilik) Mijoz jo'natmani olgandan so'ng 72 soat ichida qabul qilinadi.
6.9. Tovar kamomadi, ko'zga tashlanadigan brak mavjudligi yoki buyurtmaga mos kelmasligi bo'yicha shikoyatlar Mijoz jo'natmani olgandan so'ng 8 kun ichida ko'rib chiqiladi.
-
Javobgarlikni cheklash
7.1. Ijrochi Mijozning har qanday xarajatlari yoki Ijrochining xizmatlaridan foydalanish natijasida Mijozga yetkazilishi mumkin bo'lgan bevosita (bilvosita) zarar, shu jumladan xizmatlardan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida mijozga yetkazilgan zarar va xatolar, kamchiliklar, ishdagi uzilishlar, fayllarni o'chirish, funksiyalarni o'zgartirish, nuqsonlar, ma'lumotlar uzatishda ishdagi kechikishi va boshqalar natijasida yuzaga kelgan chiqimlar uchun javobgar emas.
7.2. Ijrochi Mijozga Xizmat ko'rsatish uchun foydalaniladigan, lekin Ijrochiga tegishli bo'lmagan hamkor xizmat va servislar: banklar, pochta xizmatlari, internet provayderlar, pochta servislari, to'lov tizimlari va boshqalar hatti harakatlariga javobgar emas.
7.3. Ijrochi Standart tekshiruv yoki Foto hisobot xizmatlaridan foydalanmagan holatda olingan tovar sifati uchun javobgar emas, shuningdek Mijoz tomonidan Ijrochi Xizmatlari yordamida sotib olingan tovarlarga ham kafolat bermaydi.
7.4. Ijrochi buyurtma qilingan tovarning ko'rsatilgan o'lcham, miqdori va rangiga muvofiqligi uchun qisman javobgar hisoblanadi. Xaridorga jo'natmani komplektatsiya qilish paytida Ijrochi faqat tovarning fotosurati va miqdorga, shuningdek tovarda va buyurtmada ko'rsatilgan o'lcham va rangga muvofiqligini tekshiradi. Ijrochi faqat Sotuvchining veb-saytida e'lon qilingan nominal o'lcham va yorliqlarda ko'rsatilgan tovarlar o'lchamining muvofiqligi uchun javobgardir.
7.5. Komplektatsiya, Tovar o'lchami va rangi bo'yicha yaqqol farqlar aniqlanganda, Tovarlarni qaytarish va almashtirish Sotuvchi tomonidan ko'zda tutilgan holatdagina, Ijrochi bunday Tovarlarni almashtiradi.
7.6. Ijrochi quyidagi hollarda Mijoz tomonidan tanlangan Sotuvchilarning insofsizligi uchun javobgar emas: tovarni yuborish kechikkan; tovar yuborilgan lekin yaroqli emas (garchi yaroqliligi aytilgan), tovar sifatsiz (yung, teri, matoning tabiiyligi).
7.7. Mijoz, uchinchi shaxslar, Sotuvchi, pochta va kuryerlik xizmatlari, to'lov tizimlarini oʻz ichiga olgan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, hatti-harakatlari natijasida unga yetkazilgan zarar bilan bog'liq majburiyat va chiqimlar uchun Ijrochini javobgarlikka tortmaslik majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
7.8. Ijrochi Xitoy hududi bo'ylab yetkazib berish usullarining hech biri va Xitoy bo'ylab tovarni yetkazib beruvchi pochta xizmati tomonidan muddatlarga amal qilinishi uchun javobgar emas.
7.9. Ijrochi Mijozning zararlarini uning arizasi bo'yicha va bildirilgan zararlar Ijrochining xodimlari tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar natijasida vujudga kelgan holatdagina qoplab beradi. Bunda qoplash qiymati Ijrochining xizmatlari uchun olingan komissiyadan oshmaydi.
7.10. Mijozning mablag'larini qaytarish uning so'rovi asosida Ijrochi tomonidan mablag'larni qaytarish bilan bog'liq barcha komissiyalar ayrilgan holatda amalga oshiriladi.
7.11. Tovarning nomi/tavsifi va xarakteristikalarining tarjimasi avtomatik ravishda (Google Translate va Microsoft Bing xizmatlari orqali) amalga oshiriladi. Tarjima noto'g'riligiga (tarjima natijalarini tushunish) oid shikoyatlar qabul qilinmaydi.
7.12. Ukraina, Rossiya va O'zbekistonga olib kirilishi mumkin bo'lmagan tovarga buyurtma berishda, Ijrochi Mijozga xizmat ko'rsatishni rad etish huquqiga ega. Agar tovarga buyurtma berilgan bo'lsa, Ijrochi tovar, uni yetkazib berish(musodara)ga oid shikoyatlarni qabul qilmaydi.
7.13. Tovar xaridi Sotuvchi belgilagan narx bo'yicha amalga oshiriladi.
7.14. Tovarning buyurtmaga muvofiqligi va aniq nuqsonlarning yo'qligi bo'yicha umumiy tashqi tekshiruv shaklida tekshiriladi (tovarlarni tanlash mezonlari bo'lgan xususiyatlar tekshiriladi). Ushbu tekshiruv faqat Meest China Shop veb-saytida yaratilgan barcha buyurtmalar uchun sukut bo'yicha tayinlangan Standart tekshiruv xizmati doirasida amalga oshiriladi. Agar Mijoz Meest China shaxsiy kabineti orqali tovarlarni tekshirishni mustaqil ravishda bekor qilsa, Ijrochi tovar xaridining to'g'riligi, uning sifati va miqdori uchun javobgar bo'lmaydi.
7.15. Agar tovarning tanlangan xarakteristikalari va operator uchun yozib qoldirilgan izoh bir-biriga mos kelmasa, u holda ustunlik tanlangan tovar xarakteristikalari va sotuvchi sahifasidagi tovar ma'lumotlariga beriladi, yozib qoldirilgan izoh esa, u yo'q bo'lgan holatda o'rniga olish mumkin bo'lgan tovar ko'rsatilgan deb hisoblanadi.
7.16. Operatorga qoldirilgan izohdagi tovarlarning ko'rsatilgan xususiyatlari tovarlarni tanlash mezonlari bo'lmagan taqdirda (sotuvchi ushbu xususiyatlarni tanlashni nazarda tutmaydi), sotuvchi tomonidan tovar haqida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra tovar tasdiqlash uchun yuboriladi. Xarid mijoz tomonidan tasdiqlangandan so'ng amalga oshiriladi, agar 5 kun ichida qaror qabul qilinmasa, tovar bekor qilinadi.
7.17. Tovarlarni qabul qilishda faqat tovarlarning tanlov mezonlari bo'lgan xususiyatlari tekshiriladi. Tovarlarni ko'rib chiqish, aniq nuqsonlar bor yoki yo'qligini(tovarlarning sifati bilan adashtirmaslik kerak) aniqlash uchun, masalan, kesilgan poyabzal. Biz charm va mo'ynaning tabiiyligini, brend nomlarini, mahsulot sifatini (choklarning tekisligi, yelim qoldiqlari, rang tuslari va boshqalarni) tekshirmaymiz.
7.18. Tovarning ishlash qobiliyatini tekshirish uchun, Fotohisobot xizmatiga buyurtma berib, izohlarda tovarni qanday tartibda tekshirish kerakligini ko'rsatish lozim.
7.19. Jo'natma Ichining aybi bilan yo'qolgan taqdirda, ushbu tovar uchun qilingan to'lov cheklari mavjud bo'lgan holatda, tovarning to'liq qiymati qaytariladi. Agar Mijoz tovarning (tovarlarning) qiymati ko'rsatilgan hujjatni taqdim eta olmasa, Ijrochi Xitoy bo'ylab pochta kuryerlik xizmatlari tomonidan yuborilganda jo'natma sug'urta qilingan miqdorni qoplaydi.
-
Fors-major holatlar
8.1. Tomonlar ushbu Kelishuv bo'yicha majburiyatlarni qisman yoki to'liq bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bu bajarmaganlik Kelishuv tuzilgandan so'ng ishtirokchi oldindan ko'ra olmagan va oqilona choralar bilan to'sqinlik qila olmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan fors-major holatlar sabab bo'lsa. Bunday favqulodda hodisalariga quyidagilar kiradi: toshqin, yong'in, zilzila, portlash, bo'ron, epidemiya va boshqa tabiiy hodisalar, shuningdek urush yoki harbiy harakatlar, beqaror siyosiy vaziyat va hk.
-
Tortishuvlarni hal etish
9.1. Ushbu Kelishuv shartlarini bajarish bilan bog'liq tortishuv va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holatda, tomonlarni ularni muzokara yo'li bilan hal etadilar.
9.2. Tortishuvlarni muzokara yo'li bilan hal etish imkonsiz bo'lgan holatda, ular qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
-
Maxfiylik va tranzaksiyalar xavfsizligi
10.1. Mijoz tomonidan buyurtmani rasmiylashtirishda taqdim etilgan ma'lumotlar Ijrochi ma'lumotlar bazasida saqlanadi va faqatgina Mijoz to'lovlariga oid topshiriq va harakatlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
10.2. Mijoz o'z bog'lanish ma'lumotlarini Ijrochiga taqdim etish bilan birga, uning xodimlariga Xizmat ko'rsatish bilan bog'liq har qanday masalalarni aniqlashtirish uchun bog'lanishlariga ruxsat beradi.
10.3. Bizning xizmatlarimiz uchun Siz o'tkazgan to'lovlar taklif etilgan to'lov usullarining istalgan turida yoki Sizning Meest China kabinetingiz hisobidan amalga oshiriladi. Biz kredit kartalar yoki boshqa istalgan to'lov ma'lumotlarini saqlamaymiz.
Orqaga
- Meest China
- FAQ va maslahatlar